Mahalla xodimlari oliy ma’lumot olishi mumkin

Vazirlar Mahkamasining 8.01.2021 yildagi «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 3-son qarori qabul qilindi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish, ushbu sohaning joylarda oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va ularni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab pedagogika va moliya-iqtisod sohalaridagi oliy ta’lim muassasalarida «Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo‘yichabakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimi joriy etiladi.

2021 yil 1 martga qadar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida kadrlarga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyoj to‘liq tahlil qilinadi hamda asoslantirilgan takliflar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga taqdim etiladi.

Kadrlar tayyorlash bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari, fan dasturlari hamda o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarni ishlab chiqish uchun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan fuqarolarga tavsiyanomalar berish Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.01.2021 yildan kuchga kirdi.

batafsil: https://www.norma.uz/qonunchilikda_yangi/mahalla_hodimlari_oliy_malumot_olishi_mumkin